Maktab yangiliklari

Maktabimiz o‘quvchilarining ulkan yutuqlari

Joriy yilning 22-fevral kuni Toshkent shahrida "Musiqa navolari" Xalqaro ijodiy tanlovi bo’lib o’tdi.

Ushbu tanlovda maktabimiz o‘quvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Estrada ijrochilik bo’limi Saksafon cholg’usida tahsil olayotgan Jdanov Makariy, xoreografiya bo’limi iste’dodli yoshlari Komiljonova Shirin va Aliqulova Diyoralar eng oliy sovrin - Gran prini qo’lga kiritshdi.

Shuningdek, fortepiano bo’limining 8 nafar iste’dodli yoshlari Eroxina Taisiya, Li Elina, Shoakbarova Shirin, Absamatova E’zoza, Shermatova Mubina, Tadjiddinova Rusalina, Shoaliev Amirxon, Ashurmatov Behruzlar ishtirok etib 3 ta Gran pri va 5 ta 1 o’rinni qo’lga kiritdilar.