Joriy yilning 6–7-fevral kunlari Toshkent shahar Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Sehrli ranglar” Respublika ijodiy tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda maktabimiz tasviriy san’at bo‘limining iqtidorli o‘quvchisi Bolotina Milana muvaffaqiyatli ishtirok etdi va faxrli 1 o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Maktab ma’amuriyati iqtidorli o‘quvchini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va yutuqlar bardavom bo‘lib qolishini tilab qoladi.