Maktab yangiliklari

Qonunchilikdagi muhim yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-maydagi 144-son hamda 2019-yil 9-yanvardagi 9-sonli qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qarorga muvofiq, endilikda bolalar musiqa va san’at maktablarida:

- qabul yoshi va o‘qish muddatlari o‘zgartirildi;

- direktorning o‘quv-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Madaniyat ta’limi markazi bilan kelishilgan holda, xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari esa direktor tavsiyasiga ko‘ra tegishli hududiy madaniyat organlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi;

- direktorlar va direktor o‘rinbosarlari har besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda, Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitiladi;

- direktorlar va o‘rinbosarlarga 56 kalendar kundan iborat yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi.


Qarorning to‘liq matni