Maktab yangiliklari

Madaniyat va san’at xodimlari munosib e’tirof etildi

Joriy yilning 22-aprel kuni Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan viloyat hokimligi tashabbusi bilan Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyida viloyatimiz madaniyat va san’at sohasi vakillari uchun tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda ko‘p yillar mobaynida sohada samarali mehnat qilgan faol va tashabbuskor soha xodimlari viloyat hokimligi tomonidan munosib taqdirlandi.

Shuningdek, Kasaba uyushmalari Toshkent viloyati Kengashi tomonidan 50 nafar eng tashabbuskor soha xodimlari uchun Xorazmga sayohat vaucheri ham topshirildi.

Tadbirda milliy va zamonaviy san’at uyg’unligida tashkil etilgan konsert dasturi barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.