Maktab yangiliklari

Yangi yutuq!

Joriy yilning 15-mart kuni Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ko‘magida o‘tkazilgan “Zvezda” xalqaro tanlovida Chirchiq shahar 3-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining estrada xonandaligi bo‘limi o‘qituvchisi F. Djalolovaning 3 nafar o‘quvchilari faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi:

Djaloliddinova Nilufar- Gran pri;

Ashurboyeva Xilola-Gran pri;

Kafarova Evelina- 1 o’rin.

Maktab ma’amuriyati iqtidorli o‘quvchilarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va yutuqlar bardavom bo‘lib qolishini tilab qoladi.